Qog‘oz, daftar va Excel o‘rniga zamonaviy yechim.
Kassa, ombor va hisobotlar endi telefoningiz va kompyuteringizda.
Qog‘oz, daftar, va Excelni unuting. Kassa, ombor, qarzlar va hisobotlar — hammasi telefonda va kompyuterda birdek ishlaydi.
Shtrix-kodni telefon kamerasi yoki skaner qurilmasida o‘qiting. Chek chiqarish, naqd, karta yoki qarzga sotish — barchasi soniyalar ichida bajariladi.
Tovarlar qoldig‘i avtomatik hisoblanadi. Qaysi mahsulot tugayotganini oldindan ko‘rasiz, tannarx va sof foydani tizimning o‘zi chiqarib beradi.
Nasiya, avans va qisman to‘lovlar — har bir xaridorning alohida tarixi bilan ko‘rish. Kimni qancha qarzi borligini ko‘rish uchun daftar varaqlash shart emas.
Tugagan tovarlarni kimdan olganingiz va qancha qarzingiz borligi bir joyda. Yuk xatlarini (nakladnoy) rasmini yuklang — qolganini sun’iy intellekt o‘zi bajaradi.
Bugungi savdo, sof foyda va xarajatlar ko‘z o‘ngingizda. Telefonda tezkor ko‘rsatkichlar, kompyuterda esa batafsil tahlil va Excel formatida yuklab olish.
Har bir sotuvchi uchun alohida kirish. Kim qancha savdo qilganini ko‘rib turasiz va xodimlarga kerakli ruxsatlarni (masalan: faqat kassa) belgilab qo‘yasiz.
O‘zingizga va xodimlaringizga qaysi qurilma qulay bo‘lsa, shundan foydalaning. Kassa, ombor va hisobotlar har ikkala versiyada to‘liq mavjud va ma’lumotlar doim sinxronlashadi.


Sotuvchilar uchun qulay kassa va skaner. Kassada savdo qilishdan tortib, ombor va hisobotlarni kuzatishgacha. Internet uzilsa ham ishlashdan to‘xtamaysiz.
Katta ekranda ishlash qulayligi. Keng interfeysli kassa, batafsil hisobotlar va moliya — rahbar uchun ham, xodim uchun ham birdek qulay. O‘rnatish shart emas, istalgan brauzerdan kirib ishlaysiz.
Muddatni tanlang, kerakli modullarni yoqing — narx shu yerning o‘zida hisoblanadi.
Oldin 14 kun bepul sinab ko‘rasiz, keyin to‘laysiz.
Uzoqroq muddat — oyiga arzonroq. Narx butun davr uchun.
Kerak bo‘lganini yoqing — har bir modul oyiga alohida hisoblanadi.
Jamoangiz yoki omborlaringiz ko‘proq bo‘lsa — kerakli sonini qo‘shing.
Muddatdan qat’i nazar — baza obunaning o‘zida:
Modullar va qo‘shimcha joylar tanlangan muddat uchun baza obuna bilan birga to‘lanadi. Tarkibni keyinroq istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin.
Narx, sinov, uskunalar, internet va kompyuter versiyasi haqida eng koʻp beriladigan savollarga javoblar.
Bizga xabar yozing yoki qoʻngʻiroq qiling. Doʻkoningizga mos tarifni tanlash va dasturni oʻrnatish boʻyicha maslahatlar mutlaqo bepul.
MyStore tizimi boʻyicha savollaringiz bormi yoki ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Biznesingizga eng mos yechimni topishda mutaxassislarimiz bajonidil yordam berishadi.